Andijonda ko`chada mast holda, kamiga niqobsiz yurgan erkak inspektorlarning oldida tig` bilan o`zini kesib tashladi. Uning nega bunday qilgani noma`lum…
Profilaktika inspektorining xizmat xonasida o`ziga-o`zi o`tkir tig`li jism bilan tan jarohati etkazgan bu fuqaroning ishini inspektorlar ham tushunishmadi. Aslida Baxtiyor Saidov o`g`irlikda gumon qilinib, Andijon shahar Hamkorlik fuqarolar yig`ini binosida joylashgan profilaktika inspektorining xizmat xonasigi chaqirilgan edi. Mast holda kelgan gumonlanuvchi yuqoridagi xatti-harakatni amalga oshirdi.
Baxtiyor Saidov o`ziga tan jarohati etkazish bilan birga fuqarolar osoyishtaligini ham buzdi, yana bir qoidabuzarligi esa karantin qoidalariga amal qilmaganidir. Unga nisbatan to`plangan hujjatlar Andijon shahar ma`muriy sudida ko`rib chiqildi, Baxtiyor Saidovga jarima solindi va 15 sutkalik qamoq jazosi berildi. Bu haqda Sevimli telekanalining Zamon ko`rsatuvida videolavha namoyish etildi.






