AsosiyJamiyat

Uch oyda mamlakatimizda 141 mingdan ortiq yangi ish o`rni yaratildi

Ish o`rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta`minlash dasturini amalga oshirish doirasida joriy yilning birinchi choragida O`zbekistondan 141 mingdan ortiq yangi ish o`rni, jumladan, qishloq joylarda 88 mingdan ziyod yangi ish o`rni yaratildi.

Yangi tashkil etilgan ish o`rinlarining 28,6 mingdan ziyodi maqsadli dasturlarni amalga oshirish, 27,2 ming ish o`rni tijorat banklari tomonidan kichik korxona va mikrofirmalarni kreditlash, 21,1 ming ish o`rni yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish, 35,7 ming ish o`rni kasanachilikni tashkil etish va 28,5 ming ish o`rni fermerlik va dehqon xo`jaliklarini rivojlantirish hisobidan tashkil etildi. 

2014-2015 o`quv yilida kasb-hunar kolleji bitiruvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish va bandligini ta`minlash maqsadida joriy yilning birinchi choragida bitiruvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish va ularni keyinchalik mazkur korxonalarga ishga joylashtirish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Natijada kasb-hunar kollejlarining 461,1 ming nafar bitiruvchisi korxona va tashkilotlarga biriktirildi. 
 

    Boshqa yangiliklar