Qarshilik uch shaxs 38 nafar fuqaroni aldash orqali katta miqdordagi pul mablag`ini qo`lga kiritgani aniqlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi.
Qarshi shahrida joylashgan MChJ ijrochi direktori, 33 yoshli L.E., shu MChJ ta`sischisi 32 yoshli I.M., va g`aznachisi 47 yoshli J.Sh., lar bilan oldindan o`zaro jinoiy til biriktirib, 2020 yil 8 yanvar kunidan 15-fevral kuniga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida fuqarolarga “Qarshi-Moskva”, “Samarqand-Moskva” va “Toshkent-Moskva” yo`nalishlari bo`yicha avia reyslar uchun noqonuniy, ro`yxatdan o`tmagan chiptalar sotib, jami 38 nafar fuqarolarning jami 75.284.476 so`m miqdoridagi pullarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritgan. Ular ushbu pullarni o`zlarining ehtiyojlari uchun sarflab yuborganliklari aniqlangan.
Qarshi shahri bo`yicha IIO FMB 2-sonli IIB Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a,b” bandlari (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.