16 aprel holatiga ko`ra, butun mamlakat bo`ylab COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 466 kishiga etdi. Hozirga qadar mamlakatda COVID-19 oqibatida 5 kishi vafot etdi.
Kasallanish bo`yicha yangi holatlar Bishkekda — 5, O`sh viloyatida — 1, Norin viloyatida — 11 kishida aniqlangan.
Ayni vaqtda kasallarning asosiy qismi — 131 bemor O`sh viloyati hisobiga to`g`ri kelmoqda. Undan keyingi pog`onada 93 nafar bemor bilan Jalolobod viloyati o`rin olgan. Issiqko`l va Botken viloyatlarida koronavirus bilan kasallanish bo`yicha tegishli ravishda 6 va 5 ta holat aniqlangan. Talas viloyatida esa COVID-19 bo`yicha birorta ham holat qayd etilmagan.
Infeksiyani yuqtirib olganlarning 251 nafari ayol bo`lsa, 215 nafari erkaklar. Stasionarda 370 nafar fuqaro davolanmoqda. O`tgan bir sutka ichida stasionardan COVID-19 tashxisi qo`yilgan 13 bemorga javob berilgan. Butun mamlakat bo`ylab koronavirusdan davolanganlar soni 91 kishiga etdi. Hozirga qadar mamlakatda COVID-19 oqibatida 5 kishi vafot etdi.






