AsosiyJinoyat

Nukusda 68 yoshli ota uxlab yotgan o`g`lini bolta bilan urib joniga suiqasd qildi

'Nukusda 68 yoshli ota uxlab yotgan o`g`lini bolta bilan urib joniga suiqasd qildi'ning rasmi

Qoraqalpog`istonda ota o`z farzandining joniga suiqasd qildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qilmoqda.

Aniqlanishicha, 2020 yil 15 aprel kuni soat 18:30 larda Nukus tumani Berdaq ko`chasida yashovchi, 1987 yilda tug`ilgan A.K. mast holda otasi — 1952 yilda tug`ilgan J.K. bilan o`zaro janjallashib qoladi. O`g`il otasini haqorat qilib, o`ldirish bilan tahdid qiladi. Bundan tashvishga tushgan ota o`g`lining uxlab qolganligidan foydalanib, xo`jalik boltasi bilan o`g`lining chap tomon bosh va yuz qismiga urib, qasddan o`ldirishga suiqasd qilgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan J.K.ga nisbatan JKning 25,97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Ayni paytda aybdor u ushlangan.

    Boshqa yangiliklar