Bugun 19 aprelda AOKA huzuridagi shtabda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux G`iyosov ishtirokida brifing bo`lib o`tdi. Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.
Savol: Mahbuslarning jazoni o`tash muddati tugasa, karantin sabab ozodlikka chiqarish kechiktiriladimi?
Javob: Birinchidan ular mahbus emas, mahkum deyiladi. Ozodlikka chiqarish kechiktirilmaydi.
Sudning qarori asosida, jazo muddatini o`tab bo`lgan mahkumni ozod etishdan oldin, tibbiyot xodimining tegishli tibbiy ko`rigidan o`tkazib, zaruriy tibbiy sanitar anjomlar bilan ta`minlangach, unga ozod etilganligi to`g`risidagi ma`lumotnoma taqdim etiladi.
Shundan so`ng, uni doimiy yashash manziliga etib borishi uchun zaruriy pul mablag`i bilan ta`minlanadi.
Ushbu shaxsning yashash joyi bo`yicha xizmat ko`rsatuvchi probasiya xizmati xodimlariga bu haqda xabar beriladi.