AsosiyDunyo

Janubiy Koreyada karantinni buzganlar deport qilinmoqda

Janubiy Koreya karantin qoidalarini buzgan chet elliklarni deportasiya qilishda davom etmo...

'Janubiy Koreyada karantinni buzganlar deport qilinmoqda'ning rasmi

Janubiy Koreya karantin qoidalarini buzgan chet elliklarni deportasiya qilishda davom etmoqda, deyiladi «Regnum» xabarida, deb yozdi Xabar nashri.

 «Yonhap News» mamlakat adliya vazirligiga asoslanib xabar berishicha, 17 aprel kuni maxsus ilova (karantin nazorati uchun) o`rnatilgan telefonlarini karantin zonasida qoldirib, u erni tark etgan uch nafar vetnamlik talaba hamda xuddi shunday ilova o`rnatilgan smartfonini yotoqxonada qoldirib, uch marta karantin qoidasini buzgan malayziyalik talabani vatanlariga qaytarib yuborish haqida qaror chiqarilgan.

Maxsus reys yo`lga qo`yilsa yoki mamlakatlar o`rtasida aviaqatnov tiklanishi bilanoq bu tartibbuzarlar «ilk baxtli chipta» egalariga aylanishadi.

Koreya Respublikasida xuddi yuqoridagiga o`xshash sabablar bilan 8 aprel kuni bir indoneziyalik, 14 aprel kuni Vetnamning uch nafar fuqarosi deportga tushgandi.

    Boshqa yangiliklar