Avval xabar qilinganidek, bugun AOKA huzuridagi shtabda Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing o`tkazildi.
Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.
Xususan, shu paytga qadar O`zbekistonda qancha odam koronavirusga tekshirilganiga aniqlik kiritildi.
Ma`lum qilinishicha, ayni paytgacha 100 mingdan ortiq inson koronavirus bo`yicha testdan o`tkazildi. Yaqin vaqt ichida ushbu raqamlar yarim millionga etkazilishi rejalashtirilgan.






