Bugun Qirg`izistonga ham 10 kishidan iborat xitoylik shifokorlar guruhi etib keldi, deb xabar qildi Sputnik Qirg`iziston.
Delegasiyani olib kelgan samolyot “Manas” aeroportiga qo`ndi. Bundan avval mamlakatga polshalik mutaxassislar ham kelgandi.
Xitoylik shifokorlar mahalliy mutaxassislarga yordam ko`rsatib, koronavirusga qarshi kurashda o`z tajribalari, shuningdek, bemorlarni davolash usullari bilan bo`lishadi.
Mutaxassislarni mamlakatga yuborish to`g`risida kelishuvga Qirg`iziston prezidenti va XXR raisi o`rtasidagi 14 aprelda o`tkazilgan muloqot chog`ida erishilgan.
Qirg`izistonda koronavirusga chalingan soni 568 tani tashkil qiladi. 201 kishi sog`aydi, 7 kishi vafot etdi.
Eslatib o`tamiz, 17 aprel kuni O`zbekistonga 15 kishilik xitoylik shifokorlar guruhi etib kelgandi.






