AsosiyJamiyat

Xorazmda yangi tashkil etilgan Tuproqqal`a tumaniga hokim tayinlandi

'Xorazmda yangi tashkil etilgan Tuproqqal`a tumaniga hokim tayinlandi'ning rasmi

Xorazm viloyatida yangi tashkil etilgan Tuproqqal`a tumani rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi.

20 aprel kuni Xalq deputatlari Tuproqqal`a tumani kengashining birinchi sessiyasi bo`lib o`tdi.

Unda tashkiliy masala ko`rildi. 2018 yil 1 dekabrdan Gurlan tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Salaev Alisher Ro`zmetovich Tuproqqal`a tumani hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Shuningdek, Gaybiev Sultanbay Muxamadjanovich tuman prokurori, Allaberganov Ixtiyor Baxtiyorovich tuman ichki ishlar bo`limi boshlig`i, Sultanov Inomjon Ikromovich tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi.

Sessiyada O`zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Sherzod Kudbiev, viloyat hokimi Farhod Ermanov va Tuproqqal`a tumanini tashkil etish bo`yicha Respublika ishchi guruhi a`zolari qatnashdi.

Boshqa yangiliklar