Toshkent shahar IIBB ajoyib bir xushxabarni e`lon qildi: Toshkentda PPX moshinasida chaqaloq dunyoga keldi.
Keltirilishicha, Toshkent shahar IIBB PPX brigadasi 4-son bataloni 4-otryadi xodimlari patrullash davomida Uchtepa tumani Istirohat ko`chasi va Toshkent xalqa avtomobil yo`li kesishmasida ikki nafar ayolni ko`rganlarida soat tungi ikki atrofida, ayollardan biri esa xomilador edi.
Holatni tushuntirishning keragi yo`q: yosh ayol zudlik bilan tug`ruqxonaga etkazilishi kerak edi. Xodimlar bo`lajak onani va uning qaynonasini moshinaga o`tqazib, eng yaqin shifoxona tomon yo`l olishdi.
3-son Shahar bolalar klinik shifoxonasigacha (oldinga “Ona va bola” markazi) oz masofa qolganda Nafisani tulg`oq tutdi.
Shu onda safdor S. Muradov va B. Toshpulatovlar malaka oshirish darslarida birinchi tibbiy yordam ko`rsatish soatlari qo`shilgani uchun shukr qildilar. Tez orada PPX moshinasida yangi inson dunyoga keldi. Baxtiyor buvi va ona PPX xodimlariga yordam uchun minnatdorchilik bildirishdi.
Yosh ona va go`dak shikoforlarga topshirildi.
Tibbiyot xodimlari ona va uning go`dak o`g`lining holini o`rganib, xodimlargi ularning holati qoniqarli ekanini, bolaning vazni – 3100 gr. ekanini aytib, xodimlarni to`g`ri ish tutganlari uchun maqtab qo`yishdi.