AsosiyDunyo

Turkmaniston o`z hududida haqiqatdan ham koronavirus yo`qligini ta`kidladi

Chorshanba kuni koronavirus qayd etilmagan dunyodagi sanoqli davlatlardan biri Turkmanisto...

'Turkmaniston o`z hududida haqiqatdan ham koronavirus yo`qligini ta`kidladi'ning rasmi

Chorshanba kuni koronavirus qayd etilmagan dunyodagi sanoqli davlatlardan biri Turkmaniston o`zi bergan rasmiy ma`lumotlar haqiqat ekanligini va epidemiya haqida hech narsa yashirilmayotganini ta`kidladi. Bu haqda tarjumon.uz xabar bermoqda.

«Agar mamlakatimizda koronavirusni bir kishi yuqtirib olgan bo`lganida ham, biz Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkilotiga zudlik bilan bu haqda xabar bergan bo`lardik. Biz hech narsani yashirmayapmiz», dedi Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov brifingda.

Sog`liqni saqlash vaziri Nurmuxammed Amannepesovning aytishicha, Turkmaniston 30 mingta test to`plamiga ega va yana 40 mingta test to`plamiga Rossiya, Turkiya va Germaniyaga buyurtma berilgan. Amannepesov hozirda 151 kishi karantin zonalarida ekanligini ham ma`lum qilgan. Karantindagilarning aksariyati uzoq masofaga qatnovchi yuk mashinalari haydovchilari va kema ekipaji a`zolaridir.

Turkmaniston hukumati mart oyining oxirida barcha yuk tashuvchi mashinalarning mamlakat tashqarisiga kirib chiqishiga vaqtincha cheklov qo`ygandi. Bugunga kelib chegara o`tish punktlarining ko`pi qayta ochildi va Eron bilan chegaralarni ochish rejalashtirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar