AsosiyJamiyat

Xalq banki: Xodimlar ish vaqtidan tashqari ishga jalb etilmagan

'Xalq banki: Xodimlar ish vaqtidan tashqari ishga jalb etilmagan'ning rasmi

Xalq bankining Qarshi filiali amaliyot bo`limi xodimlari 24 aprel kuni soat 20:00 dan keyin ishga chaqirilmagan. Shuningdek, sayyor kassa xodimlari bankning maxsus avtomashinalarida 18:00 dan so`ng uylariga etkazilgan. Bu haqda bank matbuot xizmati ma`lum qildi.

Bank ushbularni ma`lum qilishda bo`limga o`rnatilgan video kameralarning 24 aprel kunidagi yozuvlarini o`rgangan, xodimlar bilan suhbat o`tkazgan.

"Viloyat hokimining maxsus xatiga asosan urush faxriylariga oziq-ovqat mahsulotlarini etkazib berish uchun amaliyot bo`limining bir dona  transport vositasi bir kunga jalb etilgan, xolos.  

Bugungi koronovirus pandimiyasi munosabati bilan karantin e`lon qilinganligi sabab Xalq bankining barcha filiallarida xodimlarning ishga kelib ketishi Bosh bank tomonidan doimiy nazoratga olingan" deyiladi xabarda.

Avvalroq “Bankir kundaligi” telegram kanalida Xalq bankining Qarshi filialida sayyor kassa xodimlari soat 20:00 dan keyin ishga chaqirilgani, kech qolgan paytda xodimlarni uylariga bank mashinasi har doim ham olib bormasligi, karantin vaqtida uzoqdan ishga qatnash qiyinligi haqidagi murojaat e`lon qilingandi.

    Boshqa yangiliklar