AsosiyDunyo

Buyuk Britaniyada koronavirusga chalingan bolalar soni keskin ko`paydi

Buyuk Britaniyaning Milliy sog`liqni saqlash xizmati (National Health Service, NHS) mamlak...

'Buyuk Britaniyada koronavirusga chalingan bolalar soni keskin ko`paydi'ning rasmi

Buyuk Britaniyaning Milliy sog`liqni saqlash xizmati (National Health Service, NHS) mamlakatda koronavirusni yuqtirgan va jonlantirish bo`limiga tushayotgan bolalar soni keskin ko`payganini ma`lum qildi. Bu haqda xs.uz ma`lumotiga tayanib Zamon.uz xabar berdi.

Shu bois xizmat britaniyalik shifokorlarga ogohlantirish yuborgan. Unda “Bolalarda [COVID-19] bilan bog`liq bo`lgan yallig`lanish sindromlari ko`payotgani xavotir uyg`otmoqda“, deyiladi.

Ta`kidlanishicha, koronavirus bilan kasallangan bolalar soni Londonda va mamlakatning boshqa mintaqalarida ko`payib bormoqda. Bollarda asosan Kavasaki kasalligi (Kavasaki kasalligi — bu ba`zida chaqaloqlarda va 1–8 yoshdagi bolalarda uchraydigan tomir kasalligi. Uzoq muddatli isitma, eksantema, kon`yunktivit, shilliq pardalarning yallig`lanishi va limfadenopatiya bilan tavsiflanadi. Koronar arteriya anevrizmalari rivojlanishi va yorilishi yoki miokard infarktiga olib kelishi mumkin.)ning sindromlari ko`rinishida namoyon bo`lmoqda.

Jons Xoppkins universiteti ma`lumotiga ko`ra, Buyuk Britaniyada 154 mingta koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. Mamlakatda ushbu kasallikni yuqtirib olgan 20 mingdan ortiq bemor hayotdan ko`z yumgan.

    Boshqa yangiliklar