Avval xabar breganimizdek, kecha O`zbekistonda kuchli shamol bo`lishi kutilgan edi. 27 aprel, kech soat 21:00 larda Buxoro viloyatida kuchli shamol (dovul), yomg`ir va do`l yog`ishi kuzatildi.
Itimoiy tarmoqlarda Buxoroda shamol va yomg`ir bo`roni holati aks etgan suratlar va izohlar tarqaldi. Ancha jiddiy holat yuzaga kelgani aytildi. Ayni paytda FVV Matbuot xizmati Buxoroda bo`lib o`tgan kuchli yomg`ir va shamol natijasida yuzaga kelgan holat bo`yicha rasmiy ma`lumot berdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 27 aprel kuni Buxoro viloyatining bir qator tumanlarida janubiy-g`arbiy yo`nalishda 15-25 m/s (54-90 km/soat) tezlikda kuchli shamol esishi kuzatilgan.
Natijada ijtimoiy soha ob`ektlariga, aholi yashash xonadonlariga va xududdagi daraxtlar ag`darilgan, avtotrasport vositalariga zarar etgan, shuningdek 7 nafar fuqarolar turli darajadagi tan jaroxati olganlar.
Eslatib o`tamiz, Toshkent shahar hokimligi poytaxtda ham kuchli shamol bo`lishi haqida aholini ogohlantirgan edi. O`tgan tunda Toshkent shahrida ham kuchli shamol kuzatildi.






