Jahon oziq-ovqat sanoatidayirik ishlab chiqaruvchilardan sanalgan "Nestle" kompaniyasi savdosi joriyyilning birinchi choragida 4,3 foizga o`sdi.
Bunga koronavirus pandemiyasi tufayli ko`pmamlakatlarda joriy etilgan “o`zini yakkalash” hayot tarzida xaridorlar kompaniyaga tegishli mahsulotlarni ko`proq zaxira qilib olib olgani sabab bo`lgan.
Ayni vaqtda "Nestle" koronavirus inqirozi paytida o`z mahsulotlarini etkazib beradigan kafe va restoranlarga yordam berish dasturini boshlab yuborgan. Mazkurdastur doirasida 500 million Shveysariya franki miqdoridagi (511,77 million dollar) mablag` qaxva mashinalari to`lov muddatlarini uzaytirishga va ular ijarasi to`lovlarini to`xtatishga yo`naltiriladi.