2020 yilning yanvar oyidan mart oyiga qadar 37 yoshli M.I. (ayol) va 45 yoshli Z.K. (ayol) lar o`zaro jinoiy til biriktirib, bir guruh bo`lib firibgarlik qilishgan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmatining ma`lumotiga ko`ra, ayollar 3 nafar fuqaroga Asaka tumanida joylashgan “Uz Auto Motors” AJga ishga kiritib qo`yishlarini va`da qilib, ishonchga kirib, jami 6.450 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag`larini olishib, o`zlarining ehtiyojlari uchun sarflab yuborganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan fuqarolar O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






