2020 yil 25 aprel kuni Ijtimoiy tarmoqlarda “tulki sotaman”, deb chiqqan fuqaro Uychi tumani Xizirobod MFY da yashovchi Hoshimov Nozimjon ekanligi aniqlandi.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo`yicha Uychi tumani inspeksiyasi bioxilmaxillik va tabiiy hududlar masalalari bo`yicha bosh mutaxassisi M. Saidov va davlat inspektori O. Boltaboevlar tomonidan huquqbuzardan tegishli ravishda tushuntirish xati, dalolatnomalar to`ldirilib, chaqiruv xati berildi.
1 dona Tulki bolasi esa ozodlikka qo`yib yuborildi.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Farg`onada uyning dudbo`roniga tushib qolgan tulki bolalari qutqarilgani haqida xabar edik.






