AsosiyJamiyat

MIB: Qibray tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning elektr va gaz to`lovlari to`lab berildi

'MIB: Qibray tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning elektr va gaz to`lovlari to`lab berildi'ning rasmi

Ayni damlar tom ma`noda xalqimizni birlashtirdi.  Chin insoniy xislatlar – og`ir damda bir-biriga ko`mak berish, dardiga malham bo`lish har qachongidan ko`proq yuzaga chiqmoqda.  Karantin tufayli ehtiyojmand aholi qatlamini qo`llab-quvvatlash, pandemiya davridagi etishmovchiliklardan betalofat chiqish uchun barcha joyda bo`lgani kabi Qibray tumanida ham xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun MIB Qibray tuman bo`limidan ham yaxshi xabar oldik. Bo`lim tomonidan bir necha kunda buyon xomiylar hamkorligida xayriya tadbiri amalga oshirilmoqda ekan. Ma`lum bo`lishicha, tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj 55 ta xonadonga:

-   elektr energiyasi to`lovi uchun 5 mln 500 ming so`m; 

-  tabiiy gaz tulovi uchun 5 mln 500 ming so`m,

jami 11 mln. so`m elektr energiyasi va tabiiy gaz iste`moli uchun to`lovlar o`tkazib berilgan.

MIB Qibray tuman bo`limi xodimlari to`lovlar haqidagi xabarnomalarni xonadon egalariga topshirishgandabeg`araz bunday ko`makdan aholi minnatdor bo`ldi. Xalqimiz urf-odatiga ko`ra, qo`llar duoga ochilib ezgu tilaklar izhor qilindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar