Chinozda bir paket giyohvandlik moddasini ko`chada ko`tarib yurgan shaxs ushlandi

Jinoyat 02.05.2020, 16:59
Chinozda bir paket giyohvandlik moddasini ko`chada ko`tarib yurgan shaxs ushlandi

2020 yilning 10 aprel kuni Chinoz tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida 52 yoshli Z.A., Chinoz tumani A.Temur ko`chasi bo`ylab piyoda ravishda harakatlanib ketayotgan vaqtida shubha ostiga olinib xolislar ishtirokida uning qo`lida bo`lgan polietilen paket ichi ko`zdan kechirilganda, paket ichida ho`l holdagi, vazni 1055,94 gramm bo`lgan “marixuana” giyohvandlik vositasini olib ketayotganligi aniqlanib, tegishli tartibdi rasmiylashtirilib olingan.   

Holat yuzasidan Chinoz tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o`tkazish maqsadini ko`zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan, Z.A. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1