AsosiyJamiyat

Sardobaliklarni uyqudan uyg`otib, ofatdan asragan qahramon bir insonni toshqindan ham olib chiqqan

'Sardobaliklarni uyqudan uyg`otib, ofatdan asragan qahramon bir insonni toshqindan ham olib chiqqan'ning rasmi

Sardoba suv omborida bo`lgan toshqin avvalambor «Qo`rg`ontepa» mahallasiga kelib urilgan. Ushbu mahallada xizmat olib borayotgan profilaktika inspektori barcha aholini xabardor qilib, fuqarolarni xavfsiz joyga ko`chirishda jombozlik ko`rsatdi. 

IIVning ma`lum qilishicha, Sardoba tuman IIB HPB profilaktika inspektori Otabek Begmatov tong g`ira-shirasida ovoz kuchaytirgichlar orqali aholini tezda uylarini tark etishga chaqirdi. Qisqa vaqt oralig`ida fuqarolarni transport vositalarda xavfsiz joylarga ko`chirdi.

Shu orada toshqin bo`lgan joyda 1 nafar fuqaro yordamga chaqirdi. Shu zahotiyoq profilaktika inspektori o`zini suvga otib suvda oqib kelayotgan fuqaroni qutqarishga oshiqdi. Natijada «Qo`rg`ontepa» mahallasi profilaktika inspektori tomonidan cho`kayotgan 1 nafar fuqaroni suv ichidan olib chiqib qutqarib oldi.

 

 

    Boshqa yangiliklar