AsosiyDunyo

Fransiyada 1 iyuldan boshlab plyaj, bog‘ va avtobus bekatlarida chekish taqiqlanadi

Bu haqda Fransiyaning sog‘liqni saqlash va oila masalalari bo‘yicha vaziri Katrin Votren ma’lum qildi.

'Fransiyada 1 iyuldan boshlab plyaj, bog‘ va avtobus bekatlarida chekish taqiqlanadi'ning rasmi

Fransiya bolalar kirishi mumkin bo‘lgan barcha ochiq joylarda — jumladan, sohillarda, xiyobonlar va avtobus bekatlarida 2025 yil 1 iyuldan boshlab chekishni rasman taqiqlaydi. Bu haqda Fransiyaning sog‘liqni saqlash va oila masalalari bo‘yicha vaziri Katrin Votren ma’lum qildi.

Qahvaxona ayvonlarida sigaret chekish, yomg‘ir yog‘ib turgan ko‘chalarda sigaret bilan yurish — Fransiya madaniyatining bir qismi sifatida mashhur bo‘lib kelgan. Biroq oxirgi yillarda mamlakat jamoat joylarida tamaki iste’moliga qarshi choralarni izchil kuchaytirib kelmoqda.

Votrenning ta’kidlashicha, yangi taqiq “bolalar bor bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha joylar — sohillar, ommaviy xiyobonlar, maktab atroflari, avtobus bekatlari va sport inshootlari”ni qamrab oladi.
“Bolalar bor joyda tamaki yo‘qolishi kerak”, — degan vazir Ouest-France nashriga bergan intervyusida. Uning ta’kidlashicha, chekish erkinligi “bolalarning toza havo nafas olish huquqi boshlangan joyda tugaydi”.

Taqiq, shuningdek, maktab oldida o‘quvchilarning chekishining oldini olish maqsadida ularning atrofiga ham tatbiq etiladi. Qoidabuzarlar 135 yevro (taxminan 154 dollar) miqdorida jarimaga tortiladi.
Biroq, Votrenning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya timsollaridan biri bo‘lgan qahvaxona verandalari bu taqiqqa kiritilmaydi. Elektron sigaretalar ham bu taqiq doirasiga tushmaydi.

Ayni paytda Fransiyada ish joylari, aeroportlar, temir yo‘l vokzallari va bolalar maydonchalari kabi jamoat joylarida chekish allaqachon man etilgan. Aksil-tamaki faollari esa yanada kengroq taqiqlar uchun kurash olib borishmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Fransiya aholisining taxminan 35 foizi kashanda bo‘lib, bu Yevropadagi (25%) va jahondagi (21%) o‘rtacha ko‘rsatkichlardan ancha yuqori. Mamlakatda har yili 75 ming nafar odam tamaki bilan bog‘liq kasalliklar oqibatida hayotdan ko‘z yumayotgani taxmin qilinadi.

So‘nggi so‘rovnomaga ko‘ra, fransuzlarning 62 foizi jamoat joylarida chekishni taqiqlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
Fransiya hukumati tomonidan 2023–2027 yillarga mo‘ljallangan Milliy anti-tamaki dasturida ham shunday taqiq taklif etilgan va mamlakat “2032 yilga kelib tamakisiz avlod” maqsadiga intilmoqda. Biroq ayrim aksil-tamaki tashkilotlari hukumatni mazkur choralarni amalga oshirishda sustkashlik qilishda ayblamoqda.

Ayni paytga qadar Fransiyada 1500 dan ortiq shahar va qishloqlar o‘z hududlarida — xiyobonlar, sohilbo‘yi va hattoki toshli qoyalarda ham chekishni taqiqlab qo‘ygan.
Votrenning aytishiga ko‘ra, hozircha sigareta narxlariga qo‘shimcha soliq joriy etish rejalashtirilmagan, chunki avvalgi soliqlar joriy etilgandan so‘ng qora bozor sezilarli darajada o‘sgan.

                                                                                                                                                  Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Milliarder Ilon Mask yangi partiya tuzmoqchimi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:19

    Milliarder Ilon Mask yangi partiya tuzmoqchimi?

    Maskning taklifiga Qo‘shma Shtatlar yetakchisi javob qaytardi.

    'Suriya Isroildan Jo‘lon tepaligini talab qilyaptimi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:17

    Suriya Isroildan Jo‘lon tepaligini talab qilyaptimi?

    Suriya Isroildan mamlakatdagi Ahmad ash-Sharaa boshchiligidagi yangi rejimni tan olishni so‘ramoqda.

    'Turkiyada yonayotgan o‘rmonlar: yong‘inlar yoyilmoqda, yordam yetarlimi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:21

    Turkiyada yonayotgan o‘rmonlar: yong‘inlar yoyilmoqda, yordam yetarlimi?

    "Darakchi.uz'" Turkiyada yuz berayotgan yong‘inlar tavsilotini bir joyga to‘pladi.

    'Kim Chen In Kurskda halok bo‘lgan shimoliy koreyalik askarlar jasadini tantanali kutib oldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:43

    Kim Chen In Kurskda halok bo‘lgan shimoliy koreyalik askarlar jasadini tantanali kutib oldi

    Kursk frontida 4700 dan ortiq askar halok bo‘lgani aytilmoqda.

    'Rossiya Ukrainaga qarshi yangi turdagi dronlar bilan hujum qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:52

    Rossiya Ukrainaga qarshi yangi turdagi dronlar bilan hujum qildi

    Ushbu dronlardan biri garaj kooperativi hududiga tushgan va bir nechta avtomobilga zarar yetkazgan.

    'Ozarbayjonda “Sputnik” jurnalistlari hibsga olindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:49

    Ozarbayjonda “Sputnik” jurnalistlari hibsga olindi

    Jurnalistlar FSB bilan aloqadorlikda gumonlanmoqda.