AsosiyJamiyat

“Jinsiy a’zoyimni kuydirmoqchi bo‘lishdi”

Toshkentda fuqarolar bo‘yniga jinoyat ilmoqchi bo‘lgan IIO xodimlari jazolandi.

'“Jinsiy a’zoyimni kuydirmoqchi bo‘lishdi”'ning rasmi

Toshkent shahri Yangihayot tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining uch nafar xodimi mansab vakolati doirasidan chetga chiqish va hibsga olingan fuqarolarni qiynoqqa solishda ayblandi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi 16 may kuni ularga nisbatan hukm chiqardi. darakchi.uz sud hujjati bilan tanishdi.

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tab kelayotgan M.K. ko‘p miqdordagi giyohvand modda tarqatish maqsadida bir necha odam bilan til biriktirgan. U 2024 yil avgust oyida PPX inspektori B.Sh.ga Katta xalqa yo‘li ko‘chasida joylashgan “Minerva City” turarjoy majmuasining qurilishi tugallanmagan binosi ro‘parasiga ko‘p miqdordagi giyohvand modda yashirib ketilishini, uni qora rangli Spark mashinasida borgan shaxslar olib ketishini aytgan va B.Sh.dan ushbu narkotik moddalarni uning tanishlari xavfsiz olib ketishini ta’minlashni so‘ragan.

2024 yil 4 avgustga o‘tar kechasi PPX inspektorlari B.Sh. va K.M. xizmat hududidan tashqarida narkotik yashirilgan joyni kuzatgan. Biroq K.M. katta miqdordagi giyohvand modda yashirilganidan bexabar bo‘lgan. 

Inspektorlar bu yerda turgan fuqarolar M.A. va Sh.Sh.ni to‘xtatib, ularni narkotik moddaga aloqadorlikda gumon qilib ushlagan. Inspektor B.Sh. o‘ziga oldindan ma’lum bo‘lgan hududga yashirib qo‘yilgan giyohvand moddani  go‘yoki topib olganday ko‘rsatib, ashyoviy dalillarni xolislar ishtirokisiz, o‘z qo‘llari bilan olgan holda mashinasi yukxonasi ustiga qo‘ygan. 

Shundan so‘ng, inspektorlar hodisa joyiga  tegishli xodimlarini chaqirgan. Voqea joyiga yetib borgan Yangihayot tumani IIO FMB katta tezkor vakili F.Q. tergov ishlarini yuqori turuvchi rahbariyatiga axborot bermasdan, o‘zboshimchalik bilan olib borgan, gumonlanuvchilarga nisbatan qiynoq qo‘llagan.

Hibsga olingan M.A. aybni tan olishdan bosh tortganidan keyin unga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘linganini aytgan.

“Meni kamerasiz xonaga olib kirishdi. Qo‘llarimga kishan solib, qo‘llarimni yuqoriga, devorga qaratib ko‘tarishga majbur qilishdi. Boshimga bir nechta qora paket kiydirib, skotch bilan o‘rab qo‘yishdi. Bo‘g‘ilib ketdim. Keyin orqamga, oyoqlarimga urishdi, elektroshoker qo‘llashdi”, deydi M.A.

Ekspertiza unda ko‘plab jarohatlar, jumladan, elektroshok ta’siriga xos bo‘lgan zarba va kuyish izlari borligini tasdiqlagan.

M.A. bilan birga ushlangan Sh.Sh. esa qiynoqlanri quyidagicha tasvirlaydi:

“Qornim va yuzimga urishdi. Keyin ulardan biri pashsha o‘ldiradigan asbobni olib, savalay boshladi. Ular soqolimni kuydirishdi. Do‘stlarimga qarshi ko‘rsatma bermasam, tiriklayin yoqib yuborishadi, deyishdi...”

Shuningdek, M.A. va Sh.Sh.ning tanishlari kishi A.I., I.S. va Yu.T. (ayol kishi) ham voqea joyiga yetib borgan edi va ular ham amalda himoya huquqi bilan ta’minlamasdan, qo‘llariga kishan taqtirilib, Yangihayot tuman IIO FMBga keltirilgan.  IIB xodimlari A.I.ga ham og‘ir tan jarohati yetkazgan.

“Xodimlardan biri kerakli qog‘ozlarga imzo chekishga rozi bo‘lgunimgacha meni kaltakladi. “Dubinka” zarbasi boshimga tegdi. Shundan so‘ng quloq pardam yirtilib ketdi”, degan u.

Tibbiy xulosaga ko‘ra, A.I.da og‘ir bosh jarohati, tan jarohatlari va ruhiy shikastlanish belgilari aniqlangan. 

I.S. esa jinsiy xo‘rlash elementlari bilan qiynoqqa solinganini aytgan. 

“Shimimni yechib qo‘yishdi. Xodimlardan biri zajigalkani jinsiy a’zoyimga yaqinlashtirib: “Agar tan olsang, qo‘yib yuboraman, tan olmasang, shu yerda yoqib yuboraman”, dedi. Men vahimaga tushib o‘zimni zo‘rg‘a tutib turardim”, deydi u.

Sud-tibbiyot ekspertizasining 12 avgustdagi xulosasiga ko‘ra, I.S.ni tanasida jarohatlar aniqlanmagan. 

Sudda F.Q., B.Sh. va K.M. aybiga qisman iqrorlik bildirgan. F.Q. fuqarolarga nisbatan jismoniy qiynoq qo‘llamaganini, ular o‘z ixtiyorlari bilan tushuntirish xati yozib berishganini aytgan. Jabrlanuvchilar esa ularga jismoniy qiynoq qo‘llanganini tasdiqlagan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining 16 maydagi hukmi bilan 1987 yilda tug‘ilgan Yangihayot tumani IIO FMB katta tezkor vakili F.Q. 5 yil 1 oy, 1986 yilda tug‘ilgan PPX inspektori B.Sh. 11 yil, 1991 yilda tug‘ilgan PPX inspektori K.M. 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Ularning uchalasi ham jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tashi belgilandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekistonlik hojilar xalqimizni duo qilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 31.05.2025 20:36

    O‘zbekistonlik hojilar xalqimizni duo qilmoqda

    Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefon orqali muloqot qildi.

    'Samarqandda qadimiy tangalarni Istanbulga olib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat 31.05.2025 17:48

    'Qashqadaryodagi xususiy bog‘chada 2 yoshli qizcha vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat 31.05.2025 17:12

    Qashqadaryodagi xususiy bog‘chada 2 yoshli qizcha vafot etdi

    Qizaloq nazoratsiz qoldirilgani sabab ariqqa tushib ketib, vafot etgan.

    'Qurbon hayitida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?'ning rasmi

    Jamiyat 31.05.2025 15:23

    Qurbon hayitida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

    "Muborak Qurbon haytini nishonlash to‘g‘risida"gi Prezident qarori qabul qilindi.

    'Uzbekistan Airways 1 iyun kuni munosabati bilan 50% gacha chegirmalar e’lon qildi'ning rasmi

    Jamiyat 31.05.2025 14:29

    'Farg‘onada 8 mlrd so‘mlik sifatsiz dori saqlayotganlar qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat 31.05.2025 13:21

    Farg‘onada 8 mlrd so‘mlik sifatsiz dori saqlayotganlar qo‘lga tushdi

    Shuningdek, 400 mln so‘mlik tibbiyot jihozlarining savdosi to‘xtatib qolindi.