1

Beruniyda maktab o`quvchisi “Damas” ni olib qochdi

Jinoyat 05.05.2020, 15:26
Beruniyda maktab o`quvchisi “Damas” ni olib qochdi

O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining bergan xabariga ko`ra, Qoraqalpog`istonda  11 aprel kuni taxminan soat 1:30 larda noma`lum shaxs 51 yoshli fuqaro  R.M. tomonidan Beruniy tumani Kepakliqal`a ko`chasi 71-uyning oldida  qoldirilgan “Damas” rusumli transport vositasini noma`lum tomonga olib qochgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan noma`lum shaxsga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.

 Jinoyat ishi bo`yicha olib borilgan tergov va tezkor qidiruv ishlari davomida R.M.ga tegishli bo`lgan “Damas” rusumli avtomashina Beruniy tumani Navoiy OFY hududida joylashgan fermer xo`jaligi dala maydonidan texnik soz holatda topilgan.

Dastlabki tergov harkatlari davomida mazkur jinoyatni Beruniy tumani Chig`atoy ko`chasida yashovchi umumiy o`rta ta`lim maktabining 11-sinf o`quvchisi, voyaga etmagan 17 yoshli B.A. sodir qilganligi aniqlangan.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1