AsosiyDunyo

Qozog`iston Tashqi ishlar vaziri O`zbekistonga protest notasi yuborilganligini rad etdi

Qozog`iston O`zbekistonga protest notasini yuborishi masalasi mavjud emas. Bu haqda «Kazin...

'Qozog`iston Tashqi ishlar vaziri O`zbekistonga protest notasi yuborilganligini rad etdi'ning rasmi

Qozog`iston O`zbekistonga protest notasini yuborishi masalasi mavjud emas. Bu haqda «Kazinform» axborot agentligiga QR TIVining rasmiy vakili Aybek Smadiyarovga tayanib O`zbekiston rasmiylari xabar bermoqda. 

Avvalroq, bir qator Qozog`iston va mahalliy OAVlarda “Qozog`iston Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vazirligi o`zbekistonlik hamkasblariga O`zbekiston tomonidan transchegaraviy suvlarda qurilgan gidrotexnik inshootlar to`g`risida to`liq ma`lumot berishni so`rab rasmiy xat yo`llaydi”, degan mazmundagi xabar tarqalgan edi.

Eslatib o`tish joiz, 2020 yil 2 may kuni O`zbekiston va Qozog`iston Prezidentlari telefon orqali muloqot davomida Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisa bilan bog`liq joriy vaziyatni hamda uning oqibatlarini bartaraf etish bo`yicha yaqin hamkorlikni tashkil etish masalalarini batafsil muhokama qilgan edi.

    Boshqa yangiliklar