1

Olmaliqda avtokorxonaga ishga kirish uchun 3 000 AQSh dollari talab qilgan firibgar ushlandi

Jinoyat 05.05.2020, 16:16
Olmaliqda avtokorxonaga ishga kirish uchun 3 000 AQSh dollari talab qilgan firibgar ushlandi

Olmaliqda fuqaro M.B. ikki nafar fuqaroni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga qarashli avtokorxonaga ishga joylashtirib qo`yish evaziga 3 000 AQSh dollari talab qilgan. 

Shundan, 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan Olmaliq ixtisoslashtirilgan prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalil bilan ushlangan. 

O`zbekiston  Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`ining xabariga ko`ra, mazkur holat yuzasidan M.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1