Qozog`iston Respublikasining Turkiston viloyatida kuchli quyun kuzatildi, natijada Akkoyli qishlog`idagi bir necha xonadonlar zarar ko`rdi. Bu haqda Tengrinews.kz nashri yozadi.
Kecha ijtimoiy tarmoqlarda ana shu quyunning video tasviri paydo bo`ldi. Mamlakat Ichki ishlar vazirligi izohlashicha, ushbu tabiat hodisasi shu yilning 2 may kuni yuz bergan.
Soniyasiga 20 metr tezlikda esgan "tornado" 17 ta yashash uylarining tomlarini uchirib yuborgan. Jarohatlanganlar va qurbonlar yo`q.
Tabiat hodisasi muhrlangan video:






