1

Jizzaxda janjal oqibatida tanishining qulog`ini tishlagan fuqaroning o`zi olamdan o`tdi

Jinoyat 07.05.2020, 10:59
Jizzaxda janjal oqibatida tanishining qulog`ini tishlagan fuqaroning o`zi olamdan o`tdi

6 may kuni soat 15:00 larda Do`stlik tumani hududidan o`tgan “Jizzax shahar-Gagarin” temir yo`l hududida fukaro I.X ikki nafar sheriklari bilan mast holatda shu erda qo`ylarini boqib yurgan R.I. bilan o`zaro janjallashib qoladi.  I.X. (1990 y.t., sudlanmagan, ishsiz) R.I.ning (1969 y.t., sudlanmagan, ishsiz) bo`yin qismidan bo`g`ib olib, o`ng qulog`idan tishlagan vaqtda u o`zini himoya qilish maqsadida yonida bo`lgan oshxona pichog`i bilan I.X.ning ko`krak va qorin qismiga ikki marotaba urib, qasddan o`ldirgan. Bu haqda Bosh prokuratura Darakchiga xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni R.I.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan (u ushlangan).

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1