Giyohvand moddasini yashirib olib ketayotgan bekobodlik yigit Toshkentda qo`lga tushdi

Jinoyat 07.05.2020, 15:47
Giyohvand moddasini yashirib olib ketayotgan bekobodlik yigit Toshkentda qo`lga tushdi

Shu yilning 25 aprel kuni soat 02:45 da Mirzo Ulug`bek tumanida joylashgan “Rumi” kafesi qarshisida bir noma`lum shaxs ichki ishlar organlari xodimlarini ko`rib, shubha uyg`otuvchi xatti-harakatlarni qila boshlaydi. 

 Shu sabab ichki ishlar xodimlari uni 6-sonli IIBga olib borib xolislar ishtirokida tekshirishganda, sport kurtkasining cho`ntagidan polietilen paket ichida qog`oz bo`laklariga o`ralgan jami o`n sakkiz dona yashil rangli o`tkir hidli o`simliksimon modda topilgan.

IIV Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, fuqaro K.S. Toshkent viloyati, Bekobod shahrida yashashi, muqaddam Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilganligi aniqlandi. 

 Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1