1

Andijonda 21,7 ming AQSh dollarini noqonuniy muomalaga kiritigan shaxslar ushlandi

Jinoyat 08.05.2020, 10:45
Andijonda 21,7 ming AQSh dollarini noqonuniy muomalaga  kiritigan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar I.Z., M.I. va D.T.lar oldindan til biriktirib, fuqaro J.B.ning bank plastik kartasida bo`lgan 230 mln so`m pulini 4 foiz ustama olib qolish sharti bilan naqdlashtirib berib, evaziga 21 775 AQSh dollarini har bir AQSh dollarini 10 140 so`mdan hisoblab 220,8 mln so`mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar. Bu haqda Darakchi.uz ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar I.Z., M.I. va D.T.larga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1