1

Buxoroda ko`pqavatli uyida tuvaklarda giyohvand o`simligi etishtirilgan

Jinoyat 11.05.2020, 16:10
Buxoroda ko`pqavatli uyida tuvaklarda giyohvand o`simligi etishtirilgan

 Buxoro shahrida yashovchi 1991 yilda tug`ilgan Sh.Z. o`z yashash uyida 2 dona sariq va 1 dona jigar rangli plastmassa gultuvaklarda hamda bir dona tepa qismi qirqilgan suv idishi (baklajka) da tarkibida giyohvandlik vositasi bo`lgan 4 tup “kanop” o`simligini ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlangan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

U 9 may kuni soat 13:40 larda Buxoro viloyati va Buxoro shahar IIO FMB tezkor xodimlari tomonidan o`tkazilgan tadbirda qo`lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Sh.Z. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1