Bosh prokuror: "Ta`lim sohasidagi huquqbuzarliklar 2019 yilda 2018 yilga nisbatan 2,5 baravarga oshgan"

Jinoyat 11.05.2020, 17:56
Bosh prokuror: "Ta`lim sohasidagi huquqbuzarliklar 2019 yilda 2018 yilga nisbatan 2,5 baravarga oshgan"

Oliy Majlis Senatining to`rtinchi yalpi majlisida O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori prokuratura organlarining 2019 yildagi faoliyati to`g`risida hisobot berdi

Prokuratura organlarining faoliyati tahlili shuni ko`rsatmoqdaki, 2019 yilda ta`lim sohasida tekshirilgan vazirlik va idoralarning 93 foizida 16,7 mlrd. so`mlik moliyaviy qonunbuzarliklar aniqlanib, bu ko`rsatkich 2018 yilga nisbatan 2,5 baravarga oshgan.

Shu bilan birga, qonunlar ijrosiga bevosita mas`ul idoralar tomonidan zimmalariga yuklatilgan vazifalarning to`laqonli bajarilmasligi joylarda ko`plab muammolarning yuzaga kelishiga sabab bo`lgani aniqlangan. Masalan, fuqarolarning uylari buzilishi munosabati bilan tegishli kompensasiya pullarining o`z vaqtida va to`liq berilmasligi, daraxtlarning noqonuniy kesilishi aholining haqli e`tirozlariga sabab bo`lgan. Bu borada prokuror tekshirishlari va dastlabki tergov davomida jami 2,3 trln. so`m zararlar undirilishiga erishilgan.

Biroq iqtisodiy jinoyatlar bo`yicha tergov jarayonida jinoyatni fosh etish bilan birga, etkazilgan zararni undirish, ya`ni o`g`irlangan moddiy boyliklarni topib, qonuniy egasiga qaytarishda kamchiliklar mavjud. Shu bois, senatorlar tomonidan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarida belgilangan tadbirlarning bajarilishi, ayniqsa, qurilish ishlarining sifati va talablarga javob berishi bo`yicha doimiy nazorat o`rnatish zarurligi ko`rsatildi.

Qurilish sohasida korrupsiyaga oid alomatlar oqibatida ro`y berayotgan talofatlar, ularning sabablari va shart-sharoitlarni bartaraf etish masalalari keng muhokama qilindi. Prokuratura organlari bu masalalarda o`z nazoratini yanada kuchaytirishi, ularga qonunlar bilan berilgan vakolatlardan keng foydalanishi zarurligi ta`kidlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1