1

Qalbaki AQSh dollarlarini o`tkazib, voqea joyidan qochmoqchi bo`lgan “valyutafurush” o`zini suvga tashladi

Jinoyat 13.05.2020, 12:17
Qalbaki AQSh dollarlarini o`tkazib, voqea joyidan qochmoqchi bo`lgan “valyutafurush” o`zini suvga tashladi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda "valyutafurush"larning kirdikorlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Darakchiga xabar berdi. 

Fuqaro B.K. va boshqalar oldindan til biriktirib, fuqaro J.M.ga qalbaki 10 000AQSh dollarini 6 880 AQSh dollariga sotishga kelishgan. Oltinko`l tumanidagi “Mayramxon” kanali yonida fuqaro J.M.ga qalbaki 7 900 AQSh dollarini berib, qolgan 2 100 AQSh dollarini boshqa cho`ntagidan olayotgan vaqtida tadbir o`tkazilayotganligini sezib qoladi. Voqea joyidan yashirinish maqsadida “Mayramxon” kanaliga o`zini tashlab, qochmoqchi bo`lganida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan B.K. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1