AsosiyJamiyat

Shifokor rejali operasiyadan oldin bemorni ko`rish vaqtida shaxsiy himoya vositasini kiyishi, bemor koronavirusga tahlil topshirishi shartmi?

'Shifokor rejali operasiyadan oldin bemorni ko`rish vaqtida shaxsiy himoya vositasini kiyishi, bemor koronavirusga tahlil topshirishi shartmi?'ning rasmi

AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Xabibulla Oqilov ishtirokida o`tkazilgan brifingda muhim savol va murojaatlarga javob berildi.

Savollar: Xususiy jarrohlik klinikasi rahbariman. Sog`liqni saqlash vazirligining hozirgi vaziyatda shifokorlar (jarroh, terapevt va boshqalar) bemorlarni qanday qabul qilishlari to`g`risida buyrug`i bormi?

Shifokor rejali operasiyadan oldin bemorni ko`rish vaqtida ShHV (shaxsiy himoya vositasi)ni kiyishi, bemor koronavirusga tahlil topshirishi shartmi?

Javob: O`zbekistonda SanPiN , shuningdek, COVID-19 sharoitida ishlarni tashkil etish uchun vaqtinchalik me`yor va qoidalar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.

Davolash muassasalarida shifokorlar ShHV kiyishlari shart, chunki shoshilinch, tez yordam mashinasida keltirilgan, shuningdek, o`zi kelgan bemorlarni qabul qilishda — infeksiya yuqtirgan bo`lishi mumkin degan ehtimol bilan yondashilishi zarur.

Rejali qabul muassasalarida bemorlarni  oddiy tibbiyot formasida polimeraz-zanjirli reaksiya tahlili bilan qabul qilishni tashkillashtirish mumkin, biroq niqob, qo`lqop va ko`zoynak bo`lishi shart.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar