13 may kuni “EFFECT UZ” sayti xodimi G`iyosbek Eshov Farg`ona viloyatining Quva tumanida jiddiy hujumga uchragani haqida xabar qilingan edi. Shundan so`ng, Bosh prokuratura mazkur ish nazoratga olinganini ma`lum qildi.
Voqea yuzasidan Quva tumani hokimligi ham rasmiy munosabat bilan chiqib, sodir etilgan holat yuzasidan tuman hokimligining xech qanday aloqasi yo`qligini ma`lum qilgan.
Ayni paytda, Bosh prokuratura Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, EFFECT.UZ saytining xodimi Farg`ona viloyatining Quva tumanida noma`lum shaxslar tomonidan hujumga uchraganligi holati yuzasidan JKning 166-moddasi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.
Jinoyat ishi buyicha 4 nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida jalb qilindi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.