1

“Motamsaro ona” haykali oldida huquqbuzarlik qilgan shaxs 15 sutkaga qamaldi

Jinoyat 19.05.2020, 00:21
“Motamsaro ona” haykali oldida huquqbuzarlik qilgan shaxs 15 sutkaga qamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda G`azalkent shahrida joylashgan “Xotira” maydonidagi “Motamsaro ona” haykali ustiga chiqib, uyat so`zlarni aytib, baqir-chaqir qilgan fuqaro xatti-harakatlari aks etgan video tarqalgan edi. Bu haqdagi video saytimizda ham berilgandi.

Bu shaxs ichki ishlar organi xodimning qonuniy talabini bajarmasdan, uni ham haqorat qilgan. Boz ustiga, u tibbiy niqob taqmasdan karantin qoidasini ham qo`pol ravishda buzgan.

Shu kabi sabablar tufayli ushbu holat bo`yicha ma`muriy ish qo`zg`atildi.

Ma`muriy ishlar bo`yicha Bo`stonliq tumani sudida ushbu ishga oid sud majlisi bo`lib o`tdi.

Sudya S.Matniyazov raisligida o`tgan majlisda aniqlanishicha, yuqoridagi huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs 1980 yilda tug`ilgan, shu tumanda yashovchi A.T. bo`lib, u zerikib ketganidan shunday holatga yo`l qo`ygani, mast holda haqoratli so`zlarni aytganini, ammo hozir bundan pushaymon ekanini bildirgan.

Sud qaroriga ko`ra, A.T.ga 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi. Qamoq xarajatlari ham aybdordan undiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1