1

“Prava”ni yanada tezroq almashtirish mumkin bo`ladi

Jamiyat 22.05.2020, 09:00
“Prava”ni yanada tezroq almashtirish mumkin bo`ladi

Endilikda 20 ta Davlat xizmatlari markazlari orqali eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish xizmati joriy qilingan, deya xabar berdi DXA.

Bu albatta, fuqarolarga kerak bo`lgan hujjatni tez muddatda va ortiqcha ovoragarchiliksiz olish imkonini beradi.

Tez kunlarda yana bir qulaylik ishga tushirilishi kutilmoqda. Ya`ni, eski haydovchilik guvohnomasini endi markazda faqatgina bitta operator emas, balki elektron plansheti mavjud va maxsus dasturga ulangan istalgan operator almashtirib berishi mumkin bo`ladi. Ya`ni, Markaz xodimi fuqaroni rasmga tushirish uchun vaqt sarflamasdan, uni pasportga tushirilgan suratlar bazasidan olishi mumkin bo`ladi.

Bu esa aynan haydovchilik guvohnomasini almashtirish xizmati uchun DXMga murojaat qilganlarning navbatini oldini oladi.

Hozircha mazkur qulaylikni haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun maxsus uskuna mavjud mamlakatimiz bo`ylab 20 ta Davlat xizmatlari markazlarida joriy etish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o`tamiz, Davlat xizmatlari markazlari orqali haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun xodimga faqatgina pasport, eski haydovchilik guvohnomasi va talon hamda davlat boji to`langanligini haqida kvitansiya taqdim etilsa kifoya.

Davlat boji bazaviy hisoblash miqdorining 70 % ni, ya`ni bugungi kunda 156 100 so`mni tashkil etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1