Pokistonning Karachi aeroporti yaqinida samolyot qulagani haqidagi video va xabarni saytimizda bergan edik.
Ayni paytda ma`lum bo`lishicha ushbu avariyada ikki nafar yo`lovchi omon qolgan. Pokistondagi mahalliy telekanallar samolyotning oldingi qatorida o`tirgan yo`lovchilar tirik qolgani haqida xabar berishdi. Samolyot bortida jami 107 kishi bo`lgani aytilmoqda, deb yozadi bbc.com.
Karachi shahri hokimi Vasim Axtar samolyot bortida bo`lganlarning hammasi halok bo`lganini aytgan edi. Karachi shahri Sind viloyatining ma`muiy markazi sanaladi. Uning ma`murlari samolyot aholi zich joylashgan hududga qulaganini ma`lum qildi.
Guvohlarning so`zlariga ko`ra, Lahor-Karachi yo`nalishi bo`ylab harakatlanib ketayotgan Airbus A320 bir necha marta qo`nishga uringan. Ammo Karachidagi Jenni xalqaro aeroportiga qo`nishni amalga oshirolmay qulab tushdi.