AsosiyDunyo

Koronavirusga chalingan Ramzan Qodirovning ahvoli og`irligi ma`lum bo`ldi

'Koronavirusga chalingan Ramzan Qodirovning ahvoli og`irligi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Norasmiy manbalarda Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning ahvoli og`ir ekani xabar qilindi. U koronavirus tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan va xabar qilinishicha, o`pkasiga jiddiy zarar etgan bo`lib, og`ir ahvolda bo`lib turibdi.

Manba tomonidan ma`lum qilinishicha, shifokorlar Ramzan Qodirov ikki-uch hafta muqaddam koronavirusga chalinganini aytmoqdalar. U bemor tanishini yo`qlab borganda kasalni yuqtirib olgani tahmin qilinyapti. Qodirov kasallikka chalinganidan so`ng bir hafta o`tib «o`zini odatdagidan ko`ra ancha yomon» his qilgan, ammo buni oddiy shamollashga yo`ygan. Hozir esa o`pkasiga jiddiy zarar etgan holatda Moskvadagi kasalxonada yotibdi.

Ramzan Qodirov Moskvaga keltirilgani 21 may sanasida ma`lum qilingan edi. Rossiyada koronavirus kasalligini shuningdek yana bosh vazir Mixail Mishustin va prezident Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham yuqtirib olgan.

    Boshqa yangiliklar