AsosiyDunyo

Koronavirus jigarida muammo bo`lgan kishilar o`limiga ham sabab bo`lmoqda

Surunkali jigar xastaliklari, xususan sirrozdan aziyat chekuvchi bemorlarda koronavirusdan...

'Koronavirus jigarida muammo bo`lgan kishilar o`limiga ham sabab bo`lmoqda'ning rasmi

Surunkali jigar xastaliklari, xususan sirrozdan aziyat chekuvchi bemorlarda koronavirusdan vafot etish ehimoli boshqalarga nisbatan yuqori ekan. Bu haqda O`z A “Journal of Hepatology” jurnalida e`lon qilinishi kutilayotgan bir tadqiqot natijalari xususidagi hisobotga tayanib xabar bermoqda.

Mutaxassislar jigari lat egan va COVID-19 testida musbat natija qayd etgan 152 bemorga aloqador ma`lumotlarni tekshiruvdan o`tkazishdi. Aniqlanishicha, ularning teng yarmiga shifoxonaga yotqizilgandan so`ng u yoki bu ko`rinishda sun`iy nafas berishga to`g`ri kelgan, 40 foizi esa hayot bilan vidolashgan.

Olimlar pandemiya davrida jigarida muammo bo`lgan kishilar o`limi sezilarli darajada oshganini qayd etishmoqda. Shu bilan birga 80 foiz holatda bu insonlarning hayotdan ko`z yumishiga jigari emas, o`pkasining xastalanishi sabab bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar