Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya musulmonlarini Ramazon hayiti bilan tabrikladi.
“Muborak Ramazon oyining tugagan kunini nishonlash alohida ma`naviy ma`noga ega. Bu bayram axloqiy poklanish va yangilanishning bebaho tajribasidir. Asrlar davomida bu bayramda nafaqat ibodat qilish, balki bu kunda yordam va g`amxo`rlikka muhtoj bo`lganlar holidan xabar olish ham odat tusiga kirgan.
Rossiyalik musulmonlar ota-bobolarining tarixiy, madaniy, diniy an`analariga chuqur ehtirom bilan qaraydi, ulg`ayotgan avlodni ular bilan tanishtiradi. Rossiya musulmonlar jamoasi mamlakat hayotida faol qatnashmoqda, jamiyatda millatlararo tinchlik va fuqarolik totuvligini ta`minlash, oila institutini mustahkamlash, yoshlarni tarbiyalashga bebaho hissa qo`shmoqda”, - deyiladi Putin tabrigida.
Shuningdek, prezident o`z tabrigida Rossiya musulmonlar jamoasi mamlakat hayotida faol qatnashayotgani va jamiyatda millatlararo tinchlikka bebaho hissa qo`shayotganini qayd etgan.






