AsosiyDunyo

Moskva banklarining biriga noma`lum erkak tomonidan hujum uyushtirildi

Moskva shahrining “Zemlyanoy Val” ko`chasida joylashgan “Alfa-bank” ofislarining biriga ke...

'Moskva banklarining biriga noma`lum erkak tomonidan hujum uyushtirildi'ning rasmi

Moskva shahrining “Zemlyanoy Val” ko`chasida joylashgan “Alfa-bank” ofislarining biriga kecha shanba kuni noma`lum erkak tomonidan hujum uyushtirilgan, kamida 5 kishi garovga olingan. Noma`lum shaxs binoni portlatib yuborish bilan tahdid qilgan, deb yozmoqda BBS.com.

 Bugungi ma`lumotlarga ko`ra mashkur shaxs qo`lga olingan. Uning qo`o`lidagi portlovchi uskunaga o`xshash jism o`yinchoq bo`lgan. 

Tezkor guruh taqdim etgan axborotga ko`ra ushbu shaxsga tergov jarayonida nima uchun bu ishga qo`l urgani so`ralgan. "Men shunday qilsam, meni nima qilishlarini bilmoqchi edim. men shunga qiziqdim", deb javob bergan. Mazkur shaxs Rossiya Federasiyasida amal qilinadigan qonunchilikka asosida javobgarlikka tortilishi aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar