Rossiyada koronavirusga qarshi dori sinab ko`rildi va yaxshi natija berdi

Dunyo 24.05.2020, 21:45
Rossiyada koronavirusga qarshi dori sinab ko`rildi va yaxshi natija berdi

Bu haqda “Vesti” manbasiga tayanib Markaz xabar tarqatdi. Xabarga ko`ra, Rossiya olimlari tomonidan ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi dori vositasi sinovda samarali natija bergan. “Avifavir” nomini olgan ushbu dorining birinchi partiyasi kasalxonalarga jo`natilgan ham.

Ta`kidlanishicha, ushbu dori tavsiya qilingan COVID-19 bemorlari ikki marta tezroq tuzalgan va beshinchi kuniyoq COVID-19ga topshirgan testi manfiy chiqqan.  

Dorining klinik tadqiqotlari ikki haftadan so`ng yakunlanishi aytilmoqda.

Shu tariqa, Rossiya dunyoda COVID-19ga qarshi samarali dori ishlab chiqargan uchinchi davlat bo`ldi. Avvalroq Yaponiya (“Favipiravir” dorisi, ammo uni topish qiyin) va AQSh (“Remdizivir”) samarali dori ishlab chiqargan edi.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, dunyoda koronavirusdan zararlanganlar soni 5,3 milliondan o`tgan, 342 mingga yaqin kishi undan qurboni bo`lgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1