1

"O`zbekistonda kasallanish holatlari shu tarzda davom etsa, qat`iy karantin choralari ko`riladi"

Jamiyat 25.05.2020, 06:16
"O`zbekistonda kasallanish holatlari shu tarzda davom etsa, qat`iy karantin choralari ko`riladi"

Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusupaliev "kun.uz" bilan suhbatda ma`lum qilgan. Unga ko`ra, O`zbekistonda har kuni kasallanish 30-40 ta, ayrim holatlarda 60 ta, ba`zida undan ham ko`p tasdiqlanmoqda. Agar sanitariya qoidalariga rioya etilmasa, vaziyat murakkablashib ketishi, kasallik soni keskin ko`payib ketishi ham mumkin.  

“Aholimiz karantin talablariga rioya qilmasa, biz vaziyatni qo`ldan chiqarib yuboramiz” –degan u.

Ma`lum qilinishicha, oldin ham aholi orasida kasallanganlar aniqlangan, lekin hozirgi kunda virus tarqalish ehtimoli ko`proq. Oldin cheklovlar qat`iyligi bo`lganligi sababli, virus tarqalishi ehtimoli kamroq bo`lgan.  

Aytilishicha, virus ko`proq ishlayotgan aholi o`rtasida kuzatilgan. Ulardan oila-a`zolariga ham yuqtirish holatlari bor. Bir odam 50-100 gacha odamni zararlashi mumkin.

“Agar kasallanish holatlari shu tarzda davom etsa, albatta, qat`iy karantin choralari qaytariladi” degan Bahodir Yusupaliev.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1