AsosiyJamiyat

Marhamat tumaniga hokim tayinlandi. Avvalgi hokimni Prezident Andijonga tashrif chog`ida ishdan olgan edi

'Marhamat tumaniga hokim tayinlandi. Avvalgi hokimni Prezident Andijonga tashrif chog`ida ishdan olgan edi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, Shavkat Mirziyoev tomonidan Andijonga tashrif davomida Marhamat tumani hokimi Shuhrat Qamchiev egallab turgan lavozimidan ozod etilgan edi.

Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirokida 2020 yil 27 may kuni Marhamat tumanida faollar yig`ilishi bo`lib o`tdi.  Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati ma`lum qildi.

Yig`ilishda kun tartibida belgilangan masalalar ko`rib chiqildi. 

Hozirgi kunga qadar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan ishlash sho``basi bosh inspektori lavozimida ishlab kelayotgan Yuldashev Bobirbek Baxodirovichni Marhamat tumani hokimi  etib tayinlandi. 

Yuldashev Bobirbek Baxodirovich 1986 yil 22 yanvar kuni Andijon viloyati Andijon shahrida tug`ilgan. 2008 yilda Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini tamomlagan.

Yuldashev Bobirbek Baxodirovich Mehnat faoliyatini 2005-2006 yillarda Andijon shahar statistika bo`limi iqtisodchisi, 2006-2009 yillarda Andijon viloyat statistika boshqarmasida turli lavozimlarda, 2009- 2010 yillarda Andijon viloyati hokimligi iqtisodiyot Bosh boshqarmasi sanoat, kommunikasiya va axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo`limi boshlig`i, 2010-2018 yillarda Andijon viloyat hokimligi axborot-tahlil guruhi 1-toifali mutaxassisi lavozimidan boshlab Andijon viloyat hokimligi axborot-tahlil guruhi rahbari lavozimlarida,  2018-2019 yillarda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan ishlash sho``basi etakchi inspektori, 2019 yildan shu vaqtga qadar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan ishlash sho``basi bosh inspektori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Andijon viloyati hokimligi Yuldashev Bobirbek Baxodirovichga yangi lavozimga kirishishi bilan tabriklab, faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tilab qoladi. 

    Boshqa yangiliklar