AsosiyJamiyat

Toshkentda haydovchining qonunbuzarligi sabab yo`lovchi vafot etdi

'Toshkentda haydovchining qonunbuzarligi sabab yo`lovchi vafot etdi'ning rasmi

Joriy yilning 26 may kuni soat 20:00 larda, Toshkent shahar, Sirg`ali tumani TXAY-Qumariq ko`chalari chorrahasida  1969 yilda tug`ilgan haydovchi T.Q. (erkak) “Neksiya-2” sini boshqarayotib, asosiy yo`ldan kelayotgan, 1998 yilda tug`ilgan haydovchi I.E. (erkak) boshqaruvidagi “Tiko” ni o`tkazib yubormasdan harakatlanganligi oqibatida to`qnashuv sodir etgan.  Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Natijada, “Neksiya-2” rusumli transport vositasi yo`lovchisi 1981 y.t. A.Q. (erkak) og`ir tan jarohatlari olib hodisa joyida vafot etgan.

“Tiko” rusumli transport vositasi haydovchisi I.E. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Sirg`ali tumani IIO va FMB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar