Karantin davrida notarius orqali kvartirani sotib olish va sotish to`g`risida guvohnoma olsam bo`ladimi?
AOKA shtabiga kelib tushgan ushbu savolga Adliya vazirining matbuot kotibi Sevara O`rinboeva quyidagicha javob berdi:
"Albatta, olsangiz bo`ladi. Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 20 apreldagi 21-son bayonining 5-bandiga ko`ra, notariuslarning karantin talablariga rioya qilgan holda ishlashiga ruxsat berilgan.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki e-notarius.uz sayti orqali uydan chiqmasdan turib, notarius qabuliga elektron navbatga yozilish imkoniyati mavjud.
Shuningdek, e-notarius.uz sayti orqali barcha notarial harakatlar haqida to`liq ma`lumot olish va notarius kalkulyatori xizmatidan foydalanib, davlat boji va boshqa to`lovlarni mustaqil hisoblash imkoniyati yaratilgan."