Turkiyada 11 ta masjid dezinfeksiya qilindi. Bu haqda tarjumon.uz “Hurriyet Daily News” axborot agentligiga tayanib xabar bermoqda.
Turkiyada masjidlar 19 martda yopilgan edi.
Hozircha musulmonlarning peshin va asr namozlari hamda juma kungi namozni jamoat bo`lib o`qishlariga ruxsat beriladi. Ammo, boshqa paytlari masjidlarda yakka holda ibodat qilish mumkin bo`ladi.
Turkiya ichki ishlar vazirligi mamlakatning 81 hududiga ham masjidlar ochilishi bo`yicha farmon yuborgan.
Sog`liqni saqlash vaziri Fahrettin Kochaning ma`lum qilishicha, 20 yoshdan kichik va 65 yoshdan oshganlar uchun cheklovlar saqlanib qoladi.
“Mening kichik do`stlarim, bugun kechqurun favqulodda holat bekor qilindi. Baxtga qarshi, 20 yoshdan kichiklar va 65 yoshdan oshgan keksalar uchun cheklovlar hozircha o`z kuchida qoladi. Men sizdan sabrli bo`lishingizni va bizga biroz vaqt berishingizni so`rayman” degan Kocha 26 may kuni.






