“Taksi” filmidagi betakror ijrosi bilan bilan tomoshabinlar e`tiboriga tushgan mashhur aktrisa koronavirusga chalindi. Bu haqda Korrespondent.net xabar berdi.
Fransuz kino yulduzi 43 yoshli Marion Kotiyyar va turmush o`rtog`i, rejessyor va aktyor 47 yoshli Giyom Kane koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganini, ammo xavf ortda qolganini ma`lum qilishdi.
Ular kasallikka chalinganini dastlab hech kimga aytishmagan. Koronavirus ularda engil formada kechgan. Ikkalasi ham to`liq tuzalgandan keyin nihoyat buni ommaga ma`lum qilishdi.






