AsosiyDunyo

Pokistonda samolyot qulashi oqibatida keltirilga talofat ma`lum qilindi

22 may kuni Pokistonning Karachi xalqaro aeroporti yaqinida ro`y bergan aviahalokat tufayl...

'Pokistonda samolyot qulashi oqibatida keltirilga talofat ma`lum qilindi'ning rasmi

22 may kuni Pokistonning Karachi xalqaro aeroporti yaqinida ro`y bergan aviahalokat tufayli yigirmata turar-joy turli darajada vayron bo`lgan, deb yozgan mahalliy Doon gazetasi.

Nashrning yozishicha, «Pokiston xalqaro havo yo`llari» aviakompaniyasiga qarashli Airbus A320 havo layneri qulab tushgan ko`chada ikkita uy butunlay vayron bo`lgan, 18 ta turar-joy esa qisman buzilgan va tiklash talab etiladi. Bundan tashqari, samolyot qulashi natijasida 10 ta avtomobil va 14 ta mototsikl yo`q qilingan.

Bundan avvalroq «Pokiston xalqaro havo yo`llari” aviakompaniyasi vakili Abdulla Xon uyi ziyon ko`rgan barcha fuqarolar tovon puli olishini ta`kidlagan edi.

    Boshqa yangiliklar